O‘zbekiston | 16:37 / 20.07.2019
4857
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zMU huzurida Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi

Foto: nuu.uz

Hukumat qarori bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Texnologik jarayonlarni loyihalashtirish, boshqaruv faoliyatini intellektuallashtirish va avtomatlashtirishning ilmiy-texnikaviy masalalari yechimiga yo‘naltirilgan dasturiy mahsulotlarni yaratish Markazning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Qaror bilan O‘zbekiston Milliy universiteti rektorining ilmiy konsultanti lavozimi joriy etiladi.

Ilmiy konsultant Markazga umumiy rahbarlik qiladi va uning faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Markaz direktori Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelishgan holda universitet rektori tomonidan lavozimiga tayinlanadi va ozod etiladi.
 

Mavzuga oid