Apple Intel kompaniyasining eng ko‘p zarar keltirgan bo‘linmasini sotib olmoqchi
Apple kompaniyasi Intel kompaniyasining mobil modemlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘linmasini sotib olmoqchi. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) xabar qildi.
Gazetaning yozishicha, Apple Intel’ning 1 mlrd dollarlikdan ortiqroq miqdordagi patentlarini sotib olmoqchi. Agarda muzokaralar ijobiy yakunlansa, kelasi haftada kelishuv imzolanishi mumkin.
Intel bo‘linmasini nega sotmoqchi?
Kompaniyaning mobil modemlar ishlab chiqaruvchi bo‘linmasi 2011 yilda 1,4 mlrd dollarga Infineon Technologies kompaniyasi bilan birgalikda sotib olingan. O‘tgan vaqt davomida kompaniya bu biznesni rivojlantirish uchun milliardlab dollar sarfladi, ammo muvaffaqiyatga erishmadi.
Intel so‘nggi yillarda Apple uchun mobil modemlar ishlab chiqardi. Apple 2019 yilda Qualcomm modellariga o‘tdi. Asosiy mijozidan ayrilgan Intel 5G mobil modemlar ishlab chiqarishga o‘tishini bildirdi.
Apple bilan kelishuv Intel uchun eng zaif biznesidan qutulishni anglatadi – bu bo‘linma kompaniyaga yiliga 1 mlrd dollar zarar keltirgan.
Apple nima uchun sotib olmoqchi?
Apple uchun mobil modemlarni o‘zi ishlab chiqarish uning eng ojiz nuqtasi hisoblanadi.
Kompaniya eng yangi qurilmalarida foydalangan Intel mobil chiplari raqobatda yengildi. Buning ustiga Intel 5G-modemlar ishlab chiqarishda yetakchi bo‘lolmadi. Shu bois Apple Qualcomm bilan uzoq yillik nizoni bartaraf etishga va u bilan kelishishga majbur bo‘ldi.
Agarda ushbu yo‘nalishda rivojlanishga erisha olsa, Apple o‘z chiplarini ishlab chiqaradi va boshqa ishlab chiqaruvchilardan voz kechadi.
Mavzuga oid
00:31 / 18.12.2024
Kongo Appleʼni noqonuniy qazib olinayotgan minerallardan foydalanishda aybladi
20:50 / 16.12.2024
Apple yupqa iPhone va buklama qurilmalarni chiqaradi – OAV
19:56 / 13.12.2024
Apple ba’zi iPhone modellarini sotishni to‘xtatadi
18:13 / 12.12.2024