O‘zbekiston | 09:27 / 24.07.2019
43414
1 daqiqa o‘qiladi

Siqilgan gazni yakuniy iste'molchiga sotishda aksiz solig‘i stavkasi 20 foizga oshirildi 

Foto: KUN.UZ

“Aksiz solig‘iga tortiladigan ayrim mahsulot turlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilishni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Farmonga ko‘ra:

2019 yil 15 avgustdan siqilgan gazni yakuniy iste'molchiga realizatsiya qilishda aksiz solig‘i stavkasi 20 foizga;

2019 yil 1 oktyabrdan alkogolli mahsulotning aksiz solig‘i stavkasi o‘rta hisobda 10 foizga, tamaki mahsulotining aksiz solig‘i stavkasi 20 foizga oshirildi.

Shuningdek, spirt va alkogolli mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga oid ilgari berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati 2020 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirildi.

Mavzuga oid