Iqtisodiyot | 15:45 / 25.07.2019
7077
2 daqiqa o‘qiladi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi tashkil etildi 

Foto: Shutterstock

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi tashkil etildi. 

Quyidagilar agentlikning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilandi:

respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishga, xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish;

xorijiy investorlarni axborot bilan, huquqiy va boqka tomondan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy tadbirkorlar bilan investitsiya faoliyati sohasida o‘zaro hamkorlikni tashkil etishda ularga ko‘maklashish;

xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi istiqbolli va amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari ma'lumotlarining axborot bazasini shakllantirish va yuritish, ularning amalga oshirilish holati ustidan doimiy monitoring olib borish;

respublikaning iqtisodiy, resurs va investitsion salohiyatini keng targ‘ib qilish va ilgari surishni, yaratilgan qulay shart-sharoitlar, xorijiy investorlarga beriladigan imtiyozlar, afzalliklar haqida chet el ishbilarmon doiralari orasida, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlari olib borishni tashkil etish;

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro ijobiy imijini shakllantirish va yuqori darajada ushlab turishga har tomonlama ko‘maklashish. 

Mavzuga oid