Tramp kongressning Saudiya Arabistoniga qurol sotishni taqiqlovchi rezolyutsiyasiga taqiqlov qo‘ydi
AQSh prezidenti Donald Tramp kongressning Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab amirliklariga qurol sotishni taqiqlashi kerak bo‘lgan 3 ta rezolyutsiyasiga taqiqlov qo‘ydi.
“Bu rezolyutsiyalar Amerikaning global raqobatbardoshligini kuchsizlantiradi va ittifoqdoshlarimiz va hamkorlarimiz bilan muhim munosabatlarimizga ziyon yetkazadi”, deyilgan Tramp bayonotida.
“Vaqt va kuchlarni bunday rezolyutsiyalarga sarflash o‘rniga, men kongressni o‘z sa'y-harakatlarini Yamanda tinchlikka erishish bo‘yicha ishimizga yo‘naltirishiga chaqiraman”, deyilgan bayonotda.
Senatdagi ko‘pchilik yetakchisi Mitch Makkonnell Tramp vetosi haqida kongressning yuqori palatasiga xabar bergan va u bo‘yicha 2 avgustda ovoz berishni belgilagan. Biroq kongress prezident taqiqlovini yengib o‘tish uchun zarur bo‘lgan ko‘pchilik ovoz bo‘lmasligi kutilmoqda.
Bu Tramp taqiqlov qo‘yish huquqini qo‘llagan uchinchi holatdir.
AQSh qonunchiligiga ko‘ra, mudofaa vazirligi boshqa davlatlarga qurol yoki harbiy aslaha sotish rejasidan qonun chiqaruvchilarni xabardor qilishi kerak. 24 may kuni AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo favqulodda huquqdan foydalanib, kongress roziligisiz Iordaniya, BAA va Saudiya Arabistoniga “Eron tajovuzini ushlab turish uchun” 8,1 mlrd dollarlik qurol-aslaha sotish bo‘yicha 22 ta bitimni tuzish jarayonini yakunlash qarorini e'lon qilgan.
20 iyunda senat ushbu bitimlarni bloklovchi rezolyutsiya uchun ovoz bergan. Iyul o‘rtalarida ushbu rezolyutsiya vakillar palatasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va shundan keyin rezolyutsiya Trampga imzolash uchun yo‘naltirilgan.
Bu bitimlarni bloklash tashabbusi kongressda AQSh-Saudiya Arabistoni munosabatlaridan ixlos qaytish oshayotganini aks ettiradi. Gap shundaki, bu munosabatlar Saudiya Arabistonining Yamandagi fuqarolik urushida ishtirok etayotgani va The Washington Post nashri jurnalisti Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi bilan bog‘liq holda yomonlashgan.
Mavzuga oid
18:07 / 24.12.2024
Saudiya Arabistonidagi ko‘zgusimon megashaharni robotlar quradi
15:04 / 22.12.2024
Magdeburgdagi yarmarkaga hujum. Hozirgacha nimalar ma’lum?
08:32 / 11.12.2024
Zelenskiy Ukrainada ishlab chiqarilgan yangi qurollar haqida gapirdi
23:55 / 03.12.2024