O‘zbekiston | 12:31 / 26.07.2019
9926
1 daqiqa o‘qiladi

Vetnam harbiy delegatsiyasi Xalqaro armiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun “Forish”ga birinchi bo‘lib yetib keldi

Bugun, 26 iyul kuni Vetnam Sotsialistik Respublikasi harbiy delegatsiyasi Xalqaro armiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun “Forish” poligoniga yetib keldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar bermoqda.

Xalqaro armiya o‘yinlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan O‘zbekistonning “Forish” tog‘-dala poligoni joriy yilning avgust oyida V “Xalqaro armiya o‘yinlari – 2019” doirasida “Harbiy-tibbiy estafeta” tanloviga birinchi marta mezbonlik qiladi.

Mehmonlarni Mudofaa vazirligi mas'ul ofitserlari, o‘quvchi yoshlar karnay-surnay sadolari ostida o‘zbekona udumlar bilan tantanali ravishda kutib oldi.

4 avgust kuni start oladigan “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovida Armaniston, Angola, Ozarbayjon, Belarus, Rossiya, Zimbabve, Qozog‘iston, Myanma, Tojikiston va Venesuela (kuzatuvchi maqomida) kabi davlatlar g‘oliblik uchun o‘zaro kurashadi.

Mavzuga oid