Sport | 09:40 / 29.07.2019
15660
1 daqiqa o‘qiladi

Sardor Rashidov Qatar chempionatiga qaytdi

O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Sardor Rashidov Portugaliyaning «Nasonal» klubini tark etdi.

28 yoshli futbolchi Qatarning eng kuchli klublaridan biri «Qatar SK» bilan shartnoma imzoladi.

O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod bo‘lgan ushbu futbolchi yangi jamoasida 7-raqamli futbolkada to‘p suradi. 

Qatarliklar klubi hozirda Ispaniyada yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Rashidov bugun Ispaniyaga uchadi va yig‘inga qo‘shiladi.

Eslatib o‘tamiz, Sardor Rashidov 2015-2017 yillarda Qatarning yana bir klubi «Al-Jaish» safida o‘ynagan edi. 2017-2019 yillarda Toshkentning «Lokomotiv» klubi a'zosi bo‘lgan futbolchi 2019 yil yanvarida Portugaliya chempionatiga yo‘l olgandi.

Mavzuga oid