O‘zbekiston | 19:42 / 01.08.2019
10789
7 daqiqa o‘qiladi

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turar joylar bilan ta'minlash borasidagi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Foto: Pinterest

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turar joylar bilan ta'minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi joylashtirildi.

Loyihaga ilova qilingan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning turar joylarini bronlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiya, davolash muassasalari va boshqa muassasalarga joylashtirishda, farzandlikka olgan oilalarga, vasiylar yoki homiylarga yuborishda munitsipal va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi o‘zlari yashab turgan turar joylari butun vaqt mobaynida, tuman (shahar) hokimining qarori bilan ularga o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar bronlashtirish kafolati belgilanadi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar tarbiya, davolash muassasalari va boshqa muassasalarga joylashtirishda, farzandlikka olgan oilalarga, vasiylar yoki homiylarga yuborishda chiqarilayotgan tuman (shahar) hokimining qarorida ularga turar joy butun vaqt mobaynida, o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar bronlashtirib va biriktirib qo‘yiladi.

Bronlashtirilgan va biriktirilgan turar joyga ega bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar tarbiya, davolash muassasalari va boshqa muassasalarda, farzandlikka olgan oilalarda, vasiy (homiy) qaramog‘ida bo‘lgan to‘liq davrda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmatni o‘tash davrida yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lgan davrida turar joyga bo‘lgan huquqini saqlab qoladi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hisobidagi turar joyning ular butun vaqt mobaynida, o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar o‘n sakkiz yoshga yetgunga qadar bronlashtirilishi va saqlab turilishi yuzasidan nazorat yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning yashash joyi bo‘yicha vasiylik va homiylik organi tomonidan amalga oshiriladi.

Vasiylik va homiylik organi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiya, davolash muassasalari va boshqa muassasalarga joylashtirish, farzandlikka olgan oilalarga, vasiylar yoki homiylarga yuborish to‘g‘risida chiqarilayotgan tuman (shahar) hokimining qarorida ularga hisobidagi turar joyning butun vaqt mobaynida, o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar bronlashtirib qo‘yilishini ta'minlaydi.

Vasiylik va homiylik organi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hisobidagi turar joyning bronlashtirilishi va  saqlab qolinishini nazorat qilishda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning qonuniy vakillari, shuningdek ularning turar joylari va mulklari joylashgan hududdagi vasiylik va homiylik organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari bilan hamkorlik qiladi.

Vasiylik va homiylik organi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning yashash joyi bo‘yicha turar joyini bronlashtish va bolada saqlab turishga oid tuman (shahar) hokimining qarori nusxasini u qabul qilingan kunning o‘zida turar joyga bo‘lgan huquqlarni bolada saqlab qolinishini ta'minlash maqsadida turar joy joylashgan tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limiga, shuningdek yetti kun ichida bolaning qonuniy vakillari, turar joylari joylashgan hududdagi vasiylik va homiylik organlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yuborishi shart.

Tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning turar joyini bronlashtirish va bolalarda saqlab turish bo‘yicha tuman (shahar) hokimining qarori nusxasini olganidan so‘ng, ushbu turar joyni bronlashtirish va saqlab qolish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘radi hamda amalga oshirilgan ishlar haqida vasiylik va homiylik organiga ma'lumot taqdim etadi.

Tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limiga yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning bronlashtirish va saqlab qolish uchun topshirilgan turar joylarini o‘zga shaxsga o‘tkazish to‘g‘risida murojaatlar kelib tushganda, tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi bu haqda uch kunlik muddatda vasiylik va homiylik organiga xabar berishi lozim.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning  bronlashtirish va saqlab turish uchun topshirilgan turar joylari, agar ushbu turar joyda bolalarning oila a'zolari yashash uchun qolmagan bo‘lsa, ushbu turar joylar yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan muassasalarda, boshqa ta'lim muassasalarida, oilaviy bolalar uylarida, farzandlikka olgan oilalarda, vasiy (homiy) qaramog‘ida bo‘lgan to‘liq davrda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmatni o‘tash davrida yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lgan davri mobaynida boshqa fuqarolarga ijaraga berilishi mumkin.

Vasiylik va homiylik organi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning bronlashtirilgan va saqlab turilgan turar joylarida ularning qarindoshlari yashagan hollarda yoki mazkur turar joy foydalanish uchun ijaraga berilgan taqdirda, ushbu shaxslarni mazkur Qoidalarda belgilangan talablarga hamda qonun hujjatlarida belgilangan turar joyni saqlash bilan bog‘liq majburiyatlarga rioya qilish yuzasidan yozma ravishda ogohlantiradi.

Vasiylik va homiylik organi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar turar joylarining noqonuniy ravishda egalik qilinayotganligi, ijaraga berilganligi yoki boshqacha tarzda begonalashtirilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, aniqlangan kundan boshlab besh kun ichida bitimni haqiqiy emas deb topish bo‘yicha sudga da'vo arizasi bilan murojaat qiladi.

Mavzuga oid