AQShdagi ommaviy qotilliklardan keyin yangi film premerasi bekor qilindi
Universal Pictures kinokompaniyasi AQShda oxirgi kunlarda sodir etilgan ommaviy qotilliklar ortida 26 sentyabrga belgilangan “Ov” (The Hunt) filmi premerasini bekor qildi. Bu haqda filmga bag‘ishlangan rasmiy saytda ma'lum qilingan.
Kompaniya filmni ekranlarga chiqarishning hozir mavridi emasligi haqidagi qarorga kelgan. Ta'kidlanishicha, 9 avgustda AQSh prezidenti Donald Tramp Gollivudga tashrif buyurib, u yerda ishlab chiqariluvchi filmlar mamlakat uchun juda xavfli ekanini aytgan. Matbuot Trampning bu gaplarini “Ov”filmiga ishora deb qabul qilgan.
Filmda bir ovchining nishoniga aylangan 12 kishi haqida so‘zlangan.
3 avgustda AQShning El-Paso shahrida bir erkak Walmart supermarketida otishma ochgan. Buning oqibatida 22 kishi halok bo‘lgan, 20 dan ko‘proq kishi yaralangan. Shu kuni keyinroq AQShning yana bir shahri – Deytonda yana bir ommaviy qotillik sodir etilgan. Unda 9 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024