O‘zbekiston | 08:59 / 12.08.2019
42240
2 daqiqa o‘qiladi

DTM test sinovlarining o‘n to‘rtinchi kuni haqida ma'lumot berdi

Foto: KUN.UZ

Davlat test markazi oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilayotgan test sinovlarining o‘n to‘rtinchi kuni haqida ma'lumot berdi.

2019 yil 12 avgust kuni respublika bo‘yicha 9 ta hududda 1-smenadagi test sinovlari bir vaqtda soat 08:00da boshlandi.

Test sinovlarida birinchi smenada jami 18 472 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan edi.

Shundan, 17 919 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etmoqda, 552 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi, 1 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli hududga kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test sinovlari bo‘lib o‘tayotgan hududlar:

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
2. Andijon viloyati;
3. Farg‘ona viloyati;
4. Buxoro viloyati;
5. Xorazm viloyati;
6. Qashqadaryo viloyati;
7. Jizzax viloyati;
8. Navoiy viloyati;
9. Samarqand viloyati.

Barcha abituriyentlarga test sinovlari bo‘lib o‘tadigan binolarga belgilangan vaqtdan kechikmasdan «Abituriyent ruxsatnomasi» va shaxsini tasdiqlovchi hujjat - pasporti bilan kelishlari shart ekanligi eslatib o‘tilgan.

Mavzuga oid