Jamiyat | 12:37 / 17.08.2019
8005
1 daqiqa o‘qiladi

Uyida giyohvandlik moddalari saqlayotgan va parvarishlayotgan shaxs qo‘lga olindi

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan “Qoradori-2019” keng qamrovli tezkor tadbiri o‘tkazilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Uning davomida, 2019 yil 12 avgust kuni “Anorzor” MFY Mezon ko‘chasida yashovchi 42 yoshli Z.M. uyi tomorqasida 10 kv.m. yer maydonida 12 tup “nasha” giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, uning uyi ko‘zdan kechirilganda molxonasidan 1 kg. 850 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Z.M. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid