Jahon | 22:57 / 20.08.2019
8538
2 daqiqa o‘qiladi

Jyeyms Bond haqidagi 25-filmning qanday nomlanishi ma'lum bo‘ldi

Foto : AP Photo / Andrew Medichini

Britaniya razvedkasining josusi Jyeyms Bond haqidagi yangi film “No time to die” (O‘lishning mavridi emas) deb nomlanadi. Bu haqda filmga bag‘ishlangan sahifada ma'lum qilingan. 

Xabarda ta'kidlanishicha, bosh rolni avvalgi bir nechta seriyadagi kabi aktyor Deniyel Kreyg ijro etadi.

Bundan tashqari, josus haqidagi 25-filmning Buyuk Britaniya va AQShda ekranlarga chiqarilishi sanalari ma'lum bo‘ldi – 2020 yilning 3 va 8 aprel kunlari. 

Avvalroq yangi filmda Kreygdan tashqari, amerikalik aktyor Rami Malek, fransuz aktrisasi Lea Seydu hamda britaniyalik aktyorlar Reyf Fayns va Ben Uishou ishtirok etishlari ma'lum qilingan.

Filmning nomlanishi ayni vaqtgacha sir saqlanib kelinayotgandi. 

Filmda Mi-6 xizmatining yangi agenti paydo bo‘lib, u Bond iste'foga ketishi sababli uning litsenziyasi va shartli nomi – “josus 007”ni oladi. Bu agent rolini Lashana Linch ijro etadi. 

“Bondiana”ning birinchi filmi “Doktor Nou” (Dr. No) premerasi 1962 yil 5 oktyabrda Londonda bo‘lib o‘tgan. Bondning rolini o‘z vaqtida 6 aktyor – Shon Konneri, Jorj Lezenbi, Rojyer Mur, Timoti Dalton, Pirs Brosnan va Deniyel Kreyg ijro etgan.

Mavzuga oid