Light | 16:40 / 22.08.2019
44231
7 daqiqa o‘qiladi

Noutbuk tanlashda e'tiborga olish kerak bo‘lgan 10 jihat

Uskuna ishlashiga bevosita ta'sir qiluvchi ammo kichik ko‘ringan texnik tavsiflar va funksiyalar.

1. Quvvatlantirish tirqichining turi

Yangi noutbuklar avlodining aksariyat qismi universal USB-C porti orqali quvvatlantirilmoqda, vaholanki ba'zi ishlab chiqaruvchilar aynan o‘zlariga xos xususiy tirqichlaridan foydalanishni davom ettirishmoqda. Bunda ikki xil muammo mavjud: bu turdagi quvvatlantirish qurilmasi boshqalarnikidan farqli bo‘lgani sababli uni doimo o‘zingiz bilan olib yurishingiz kerak va unga shikast yetganda yangilash nisbatan ko‘proq mablag‘ni talab qiladi.

Shu sababli, agar o‘zingiz bilan turli o‘rinlarda qo‘llanadigan kabellar uyumini olib yurishni istamasangiz quvvatlantirish USB-C porti orqali amalga oshadigan noutbuk tanlaganingiz ma'qul.

2. Thunderbolt’ni qo‘llab-quvvatlash

USB-C portiga egalikning o‘zi kamlik qiladi, yana bir muhim jihatni ko‘zdan qochirmaslik kerak — Thunderbolt 3 standartlariga moslik. Uning yordamida noutbuk bir necha asosiy afzalliklarga ega bo‘ladi.

Ma'lumotlar almashish tezligining yuqoriligi bilan birgalikda, Thunderbolt 3 standartiga mos keluvchi USB-C portiga bir vaqtning o‘zida bir necha 4K displeylarni va hattoki ichki videokartini ham ulasa bo‘ladi. Ushbu xususiyat odatda noutbuk haqidagi ma'lumotlarning spetsifikatsiyalar qatorida va mos keluvchi port oldida chaqmoq belgisi orqali ko‘rsatib o‘tiladi.

3. Yig‘uvchi qurilma ko‘rinishi

Qimmat modellarga allaqachon qattiq holatdagi maxsus SSD yig‘uvchilar o‘rnatish boshlangan. O‘rtacha va arzon narx segmentida esa hozirgacha qattiq disklardan foydalanib kelinmoqda. Aynan kamchiqim modellar mexanik harakatga keluvchi qismlari hisobiga yuqori tezlik va ishonchga ega emas. Shuning uchun HDD arzon turadi va katta hajmga ega.

Agar mablag‘dan uncha muammo bo‘lmasa, yaxshisi SSD'li noutbuk sotib oling. Ma'lumotlar almashishdagi yuqori tezlik tufayli operatsion tizim bir necha soniyalarda ishga tushadi, fayllar esa qattiq diskka qaraganda ancha oson ko‘chiriladi.

4. Operativ xotira turi

«Qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi» qoidasi noutbuklar operativ xotirasi bilan munosabatlarga bexato mos keladi. Biroq ishlatilgan tezkor xotira modulining turiga ham e'tiborni qaratish zarur va sezilarli farq mavjud.

Qoidaga muvofiq, hozir bozorda DDR3 va DDR4 xotirali modellar sotuvda. Ularning samaradorligi o‘rtasida katta farq yo‘q, lekin DDR4 narx borasida anchagina yuqorida turadi. Nisbatan yangi xotiraning asosiy farqi — chastotalar yuqoriligi va kamroq energiya sarfi.

5. Grafika turi

Noutbuklarda videokartalar birlashtirilgan va diskret holatda bo‘ladi. Birinchisi, protsessorning grafik yadrosidan foydalanadi va shuning uchun shaxsiy xotiraga ega bo‘lmaydi. Qolaversa, birlashtirilgan grafikaning zamonaviylari asosiy topshiriqlardan tashqari hattoki oddiy o‘yinlar uchun ham o‘zining yetarli darajadagi samaradorligi bilan maqtana oladi.
Diskret grafika — o‘z xotirasiga ega alohida chip. Bu turdagi yechim yanada samaradorlikka ega, ammo qimmat turadi. Ularni sotib olish noutbukda videomontaj ishlari, o‘yinlar va boshqa turdagi resurs talab qiluvchi vazifalarni bajaruvchilarga ko‘proq mos keladi.

6. Sovitish tizimi ko‘rinishi

Energiya sarfini tejaydigan protsessorlar paydo bo‘lganidan boshlab tobora ishlab chiqaruvchilar yengil noutbuklarda passiv sovutish hisobiga aktivdan voz kechishmoqda. Ventilyatorlarning mavjud emasligi bu turdagi kompyuterlarni batamom shovqinsiz qiladi, ammo kuchli yuklanishlar vaqtida bu tinchlik yo‘qoladi.

Ba'zida yuqori yuklanishlar vaqtida sovitish tizimi qizishni bartaraf eta olmay qoladi. So‘ngra protsessorni issiqdan avaylash maqsadida uning chastotalari majburiy ravishda tusha boshlaydi. Natijada, ishlash tezligi sekinlashib, ilovalar qotishi boshlanadi.

Aktiv sovitish tizimlarida esa bu holatda ventilyatorlar aylanishi tezlashadi. Protsessor chastotalari o‘zgarishsiz qoladi. Shuning uchun noutbukdan qiyin vazifalarni bajarishda foydalanmoqchi bo‘lsangiz, aynan shu turdagisini sotib olish maqsadga muvofiqdir.

7. Displey yorqinligi

Ekran diagonalidan tashqari xaridorlar e'tiborini o‘ziga tortuvchi uning yagona texnik tavsifi bu uning imkoniyatlaridir. Piksellar soni shubhasiz asosiy o‘ziga xoslik hisoblanadi, ammo ekran yorqinligi haqida unutish ham yaramaydi.

Vaholanki, ushbu ekran yorqinligi ko‘p hollarda ish qulayligiga ta'sir etsa ham, ishlab chiqaruvchilar unga katta urg‘u berishmaydi. Agar siz tez-tez ofis ishlari bilan safarlar, kafe yoki shunga o‘xshash joylarda mashg‘ul bo‘lsangiz, noutbukingiz ekrani yorqinligi 300 nitdan kam bo‘lmasligi kerak.

8. Veb-kamera joylashish o‘rni

Atigi bir necha yil oldin bu turdagi savol juda g‘ayritabiiy ko‘ringan bo‘lardi. Ishlab chiqaruvchilar ekranni iloji boricha kichik ramkalar bilan taqdim etishga urinayotgan hozirgi sharoitda bu talab juda aktiv bo‘lib turibdi.

Ba'zi zamonaviy noutbuklarda veb-kameralar eng kutilmagan joylarda o‘rnatilmoqda, jumladan klaviaturada. Bu unchalik ham ideal joylashuv emas. Videoaloqadan tez-tez foydalanishni nazarda tutsangiz, xarid vaqtida buni ham e'tibordan qochirmang.

9. Precision TouchPad drayverini qo‘llab quvvatlash

Windows 10’da paydo bo‘lgan ko‘p funksiyali imo-ishoralar qulayligi faqatgina Precision TouchPad drayverini qo‘llab-quvvatlovchi noutbuklarda ishlaydi. Synaptics drayverli uskunalarda bu harakatlardan foydalanishning ilojisi yo‘q.

Noutbuk tachpadida bu imkoniyatni tekshirib ko‘rish uchun quyidagi buyruqlarni bajaring:
«Nastroyki» → «Ustroystva» → «Mysh i trekpad» va mos keluvchi yozuvni qidiruvga berish.

10. Klaviatura chiroqlariga egalik

Agar klaviaturaga qaramay ishlash malakasiga erishishni hali uddalamagan bo‘lsangiz, bu turdagi chiroqlar sizga kechki vaqtlarda va kam yoritilgan maydonlarda aynan kerak bo‘ladi. Bir necha yil oldin klaviatura chiroqlari premial segmentdagi noutbuklarning maxsus xususiyatlari qatoriga kirardi, ammo hozirda ular hattoki arzon «xitoy» noutbuklarida ham bor.

Mavzuga oid