AQShda Grenlandiya AQSh hududining bir qismi sifatida tasvirlangan futbolkalar sotila boshlandi
AQSh Respublikachilar partiyasi milliy qo‘mitasi Grenlandiya AQSh hududining bir qismi sifatida tasvirlangan milliy xarita surati tushirilgan cheklangan sondagi futbolkalarni sotuvga chiqardi.
“Mamlakat yanada kattaroq bo‘lishi uchun AQSh prezidenti Donald Tramp va uning sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlang”, deyilgan futbolkaning qo‘mita saytidagi ta'rifida. Ta'kidlanishicha, istalgan odam partiya ehtiyojlariga 25 dollardan boshlab istalgan summani to‘lab futbolkani olishi mumkin.
Not sure what to say about the @NRCC releasing a tshirt displaying the sovereign territory of a close ally, annexed into the United States - thus breaking the unity of the realm for the kingdom; other than it leaves a bitter taste in the mouth of this alliance-veteran #Greenland pic.twitter.com/KzaFRYKzG6
— Alexander Borum (@Akborum) August 22, 2019
18 avgustda Tramp Grenlandiyani sotib olish istagini bildirgan. Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen va orol ma'muriyati orolni sotish g‘oyasini hattoki muhokama qilishdan bosh tortgan. Shu sababli Tramp Daniyaga 3 sentyabrga belgilangan safarini bekor qilgan. AQSh prezidentining bu qarori daniyalik siyosatchilarda salbiy munosabat keltirib chiqargan.
Grenlandiya Daniya qirolligi tarkibiga kiradi. 2009 yildan boshlab keng muxtoriyat huquqiga ega. Orol o‘zini boshqarishda keng huquqqa ega bo‘lsa-da, tashqi siyosat va xavfsizlik masalalarida Kopengagenga tayanadi.
Mavzuga oid
17:40
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05
AQShda so‘nggi 4 yilda 749 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
16:18
“Kanalni savol-javobsiz qaytarib olamiz” – Tramp Panamaga tahdid qildi
15:04