Sport | 18:00 / 23.08.2019
8981
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning eng kuchli xokkeychisi giyohvand modda tufayli diskvalifikatsiya qilindi

Foto: Getty ImagesRvS.Media/Robert Hradil/Getty Images

Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) rossiyalik hujumchi Yevgeniy Kuznetsovni antidoping qoidalarini buzgani uchun 4 yilga diskvalifikatsiya qildi.

Qayd qilinishicha, Yevgeniyning 2019 yilgi jahon chempionatida topshirgan doping-namunasi ijobiy natija bergan. 26 may kuni o‘tkazilgan Rossiya – Chexiya bahsidan keyin olingan doping-namunada taqiqlangan kokain giyohvand moddasi qoldig‘i topilgan. 

Rossiyalik xokkeychi bunga e'tiroz bildirmagan va V doping-namunaning ham ochib ko‘rilishini talab qilmagan. Endi u 2023 yil 12 iyun kunigacha muzga tusholmaydi.

Kuznetsov Rossiyaning eng kuchli xokkeychilaridan biri hisoblanib, 2014 yildan beri AQShning «Vashington Kepitalz» klubi sharafini himoya qilmoqda. U jahonning ikki karra (2012, 2014) chempioni, Stenli Kubogi (2018) sohibi, yoshlar o‘rtasida jahon chempionidir (2011).

2019 yilgi jahon chempionatida Rossiya milliy jamoasi tarkibida bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Mavzuga oid