Sport | 15:44 / 24.08.2019
5623
5 daqiqa o‘qiladi

Tvitprevyu. A Seriya starti oldidan

Foto: Fred Lee/Getty Images

Bugundan Italiyada navbatdagi chempionatga start beriladi. Mavsum oralig‘ida bir qator e'tiborli transferlar qayd etildiki, bu turnirning yanada qiziqarli bo‘lishini ta'minlashi turgan gap. Internet tarmoqlarida ushbu musobaqa uchun eng qisqa prevyuga ko‘zimiz tushib qoldi. Har bir jamoa uchun juda qisqa, bitta tvitga jo bo‘ladigan fikrlar berilgan. Marhamat.

«YuVeNTUS». Sarri keldi, uch nafar top erkin agentlar tarkibga qo‘shildi, De Ligt sotib olindi va har doimgidek yana bir marta A Seriya va Chempionlar Ligasini yutishga harakat qilishadi. Chempionat masalasida odatdagidek, hammasi tushunarli.

«NAPOLI». Manolasni sotib olib, A Seriyadagi eng kuchli himoya chiziqlaridan biriga ega bo‘lishdi.

«ATALANTA». Tarixda ilk marotaba Chempionlar Ligasida o‘ynash uchun tayyorgarlik ko‘rishyapti.

«INTeR». Tarkib Antonio Kontening talablariga ko‘ra, butunlay yangilandi. Ammo asosiy vazifa hali bajarilmadi – Mauro Ikardi hali ham jamoada. 

«MILAN». Yangi murabbiy Marko Jampaoloning g‘oyalari va rejalari hozircha rahbariyatga yoqyapti.

«ROMA». Ikki afsona tark etdi: De Rossi «Boka»ga yo‘l olgan bo‘lsa, Tottini endi mehnat birjasida uchratib qolishimiz mumkin.

«TORINO»: Anchadan buyon Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini orzu qilishadi. Agar yozda hech qaysi yetakchi futbolchi tark etmaganini e'tiborga olsak, imkoniyat oshgan bo‘lishi mumkin.

«LATsIO». Top-klublar bu safar ham Milikovich-Savichga e'tibor qaratmadilar.

«SAMPDORIYa». Ajoyib murabbiy tark etdi, ammo Di Franchesko ham yomon emas, unga ham ishonsa bo‘ladi. Asosiy pleymeyker Prat ham «Lester»ga ketib qoldi, ammo yana xavotirga o‘rin yo‘q – Fabio Kvalyarella ham shu yerda.

«BOLONYa». Sinisha Mixaylovich leykemiyaga qarshi davolanmoqda, lekin jamoani tashlab ketgani yo‘q.

«SASSUOLO». So‘nggi pallada «Zenit»dan Mammanuni ijaraga olishayotgandi, lekin Semak jarayonni to‘xtatib qo‘ydi.

«UDINeZe». «Inter», «Milan», «Fiorentina» kabi jamoalar qiziqish bildirgan bo‘lsa-da, De Paulni tarkibda saqlab qolganliklari tahsinga sazovor.

«SPAL». A Seriyadagi eng kichik budjetga ega klublardan biri, ammo ikki yildan beri o‘z o‘rnini saqlab kelmoqda. Bu yerda 2014 yildan beri jamoa bilan birga bo‘lgan murabbiy Semlichining hizmatlari katta.

«PARMA». Eng yomon himoya chiziqlaridan biri. O‘tgan yili ligada qolganlar orasida eng ko‘p – 61 marta gol o‘tkazib yuborgan. Bu yil ham hech narsa o‘zgarmasa kerak.

«KALYaRI». Nandes, Rog va Nainggolanning tarkibga qo‘shilishi, ajoyib voqea. To‘g‘ri bu transferlar uchun jamoa yetakchisi Barella bilan xayrlashishga to‘g‘ri keldi.

«FIOReNTINA». Pensionerlarni jalb qiluvchi maskanga aylandi. Boateng va Riberining kelishini shunday izohlash mumkin.

«JYeNOA». Har doimgidek. Shone, Saponara, Favilli, Sturaro va Radu kabi yaxshi ijrochilarga ega bo‘lishdi, lekin har doimgidek, jadvalning ikkinchi yarmida yakunlashsa kerak.

«BReShIA». Liganing eng qiziqarli va quvnoq jamoalaridan biri bo‘ladi. Mario Balotelli o‘sha yerda.

«LeChChe». Qachonlardir, Janluka Lapadulani kuchli hujumchi bo‘lib yetishishini bashorat qilishgandi. O‘sha maqomni qaytarish uchun endi u «Lechche»da harakat qiladi. Jamoaning yozdagi eng asosiy transferi.

«VeRONA». A va V Seriyalari o‘rtasida sayohatni davom ettirmoqda. Turnirning yaqqol autsayderlaridan biri. 

Mavzuga oid