Ishni «yopish» uchun prokurorga 1000 dollar pora bermoqchi bo‘lgan ishtixonlik «yersotar» fermer sudlandi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shrabot tuman sudida I.G‘ulomov raisligida o‘tgan sud majlisida ana shu jinoyat ishi bo‘yicha sud ishi bo‘lib o‘tdi.
Fermer S.Sh.ning sudda iqrorlik bildirishicha, u rahbarlik qilib kelayotgan fermer xo‘jaligi hududi chegarasidagi 9 sotix yer maydonini 27 million so‘mga sotib yuborgan hamda ukasi, jiyani va fermer xo‘jaligi a'zosi tomonidan o‘zboshimchalik bilan turar joy qurilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, ushbu holat yuzasidan Ishtixon tumani Agrosanoat inspeksiyasi tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilib, tuman prokuraturasiga taqdim etilgan. Tuman prokurori o‘rinbosari uning qo‘l telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, u va o‘g‘liga nisbatan to‘plangan hujjatlar yuzasidan tushuntirish berishi kerakligini aytgan. O‘sha kuni fermer prokuror o‘rinbosariga og‘zaki tushuntirish bergan. Shundan keyin to‘plangan hujjatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atmasligi uchun 1000 AQSh dollarini berishini taklif qilgan. Prokuratura xodimi esa bu jinoyat ekanini tushuntirgan.
Ammo oradan ma'lum muddat o‘tgach, fermer tuman prokurori o‘rinbosarining xizmat xonasidagi stolining ustiga 600 AQSh dollarini qo‘ygan paytda Samarqand viloyat prokuraturasi xodimlari kirib kelib holatni rasmiylashtirgan.
Sudda fermerga ikki yillik ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid
16:19
Tanqiddan so‘ng: 2 bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
21:28 / 18.12.2024
Guliston IIB TB fuqarolik nizosidan jinoyat ishi “yasadi”. Tergovchi yangi yilni issiq uyida, 50 yoshli ayol esa Rossiya hibsxonasida kutib oladimi?
21:02 / 12.12.2024
Yangiyo‘lda 5 bolani bosib ketib, ikki nafarining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi axloq tuzatish jazosini oldi
15:29 / 11.12.2024