O‘zbekiston | 23:48 / 29.08.2019
65541
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tarixidagi eng yosh vazir o‘rinbosari Yoshlar Ittifoqiga vaqtincha rais bo‘ldi

Yoshlar Ittifoqi tashkil etilganidan buyon unga rahbarlik qilayotgan Qahramon Quronboyev boshqa lavozimga o‘tkazilishi munosabati bilan tashkilotga yangi rahbar tayinlandi. Shu vaqtgacha Yoshlar Ittifoqi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Sa'dullayev Alisher Zafarovich tashkilotning vaqtincha raisi etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi ma'lum qildi.

1994 yil 11 iyulda Jizzax viloyatida tug‘ilgan Alisher Sa'dullayev 2017 yil 30 iyun kuni «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining qurultoyida nutq so‘zlaganidan so‘ng 2017 yil 1 iyul kuni Xalq ta'limi vazirining o‘rinbosari etib tayinlangandi. O‘sha vaqtda 23 yoshda bo‘lgan Sa'dullayev O‘zbekiston tarixidagi eng yosh vazir o‘rinbosari bo‘lgandi.

Mavzuga oid