Sebzor ko‘chasida yonib ketgan «Gazel» haqida rasmiy ma'lumot berildi
Toshkent shahrida o‘tgan sutka davomida 4 ta yong‘in holati qayd etilgan bo‘lib, shulardan 1 tasi qurigan o‘simlik va chiqindilarni yonishi bilan bog‘liq bo‘lgan yong‘inni tashkil etmoqda. Yong‘inlarda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.
Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, 2019 yil 28 avgust kuni soat 16:56da, Shayxontohur tumani, Sebzor ko‘chasi 7-uy qarshisida, “Gazel” rusumli mikroavtobus motor va salon qismi yongan.
Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 17:01da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 17:08da bartaraf etilgan.
Yong‘in avtotransport vositasining elektr simlarini qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.
Mavzuga oid
19:09 / 26.12.2024
5 nafar o‘zbekistonlik yonib ketgan ferma egasiga nisbatan jinoiy ish ochildi
20:36 / 24.12.2024
Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi
13:18 / 24.12.2024
Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi halok bo‘ldi
21:23 / 21.12.2024