Jahon | 22:11 / 30.08.2019
19101
1 daqiqa o‘qiladi

Darg‘azab karkidon safari-bog‘ xodimasi mashinasiga hujum qildi (video)

Germaniyadagi safari-bog‘lardan birida darg‘azab karkidon bog‘ xodimasining mashinasiga hujum qildi. 

Voqea 25 avgustda “Serengeti” safari-bog‘ida yuz bergan. Bild nashrining yozishicha, bog‘ yopilishidan oldin Kusini laqabli oq karkidon tashrif buyuruvchilar ko‘zi o‘ngida bog‘ xodimasi boshqarayotgan mashinaga hujum qilib qolgan. 

Taxmin qilinishicha, karkidon mashinani raqib deb qabul qilgan bo‘lishi mumkin. Videoda karkidon mashinani bir necha marta ag‘darib, kuzovini pachaqlab tashlaganini ko‘rish mumkin. 25 yildan beri bog‘da ishlab keladigan ayol miya chayqalishi, lat yeyish jarohatlari olganiga qaramay ishga qaytish niyatida.

Bog‘ direktorining aytishicha, odatda karkidon bog‘da tashrif buyuruvchilar bo‘lganda qafasdan chiqarilmaydi. Endi tajovuzkor karkidon boshqa hayvonot bog‘iga berib yuborilishi mumkin.

Mavzuga oid