Sport | 06:39 / 30.08.2019
17280
2 daqiqa o‘qiladi

Luis Enrikening 9 yoshli qizi vafot etdi

Foto: Getty Images

Ispaniya milliy jamoasi va «Barselona» bosh murabbiyi Luis Enrike 29 avgust tunida qizi Xana vafot etganini xabar qildi.

9 yoshli qiz so‘nggi 5 oy davomida suyak saratoniga qarshi kurashdi.

«Bizning qizimiz Xana bugun 9 yoshida suyak saratoni bilan 5 oylik kurashdan so‘ng vafot etdi. Ushbu oylar davomida muhabbatini namoyon qilgan va bizni tushungan barchadan minnatdormiz.

San-Xuan-de-Deu va San-Pau  kasalxonasi xodimlariga sadoqati va g‘amxo‘rligi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Shifokorlar, hamshiralar va barcha ko‘ngillilarga rahmat.

Xana, biz seni sog‘inamiz, hayotimizning har kuni seni eslaymiz va yana uchrashamiz degan umiddamiz. Sen oilamizning yo‘lchi yulduzisan. 

Tinch orom ol, Xanita. Sening oilang», –deb yozadi Luis Enrike o‘z «tvitter»ida.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Luis Enrike Ispaniya milliy jamoasi  bosh murabbiyi lavozimidan iste'foga chiqqan edi. 49 yoshli mutaxassis oilaviy sabablar tufayli jamoaning 3ta o‘yinini o‘tkazib yuborgan edi. Ispaniyani uning yordamchisi Robert Moreno boshqarmoqda.

Mavzuga oid