Jahon | 19:57 / 05.09.2019
16659
2 daqiqa o‘qiladi

Kichik otning samolyotda yo‘lovchilar orasida tashilishi foydalanuvchilarni ajablantirdi

AQShning American Airlines aviakompaniyasi reysida kichik o‘lchamli otning yo‘lovchilar orasida tashilishi internet foydalanuvchilarini ajablantirdi. Ushbu holat videosini Evan Novak ismli sayyoh e'lon qilgan. 

Tvitterda joylashtirilgan videoda o‘rindiqdan otning boshi chiqib turganini ko‘rish mumkin. Ot o‘rta qatorda joylashtirish uchun kattalik qilgani sababli chekka o‘rindiqqa o‘tqazilgan.

Video foydalanuvchilarning noroziligiga sabab bo‘lgan. “Men hayratdaman. U beozor ko‘rinmaydi. U kasal ko‘rinadi”, deb fikr bildirgan foydalanuvchilardan biri. “Agar bu chin bo‘lsa, unda bu men ko‘rgan eng g‘alati voqea. Aviakompaniyani o‘zgartirish uchun ayni muddao”, deb ajablangan yana bir foydalanuvchi. “Agar rostini aytsam, men bu ot bilan bir reysda bo‘lishni istamasdim. Xo‘sh, innankeyin-chi? Sigir yo jirafami?”, deb kinoya qilgan boshqa bir kishi.

Ta'kidlanishicha, aviakompaniya qoidalariga ko‘ra imkoniyati cheklangan yo‘lovchilarga ularni yetaklab yuruvchi hayvon sifatida o‘rgatilgan kichik otlarni tashishga ruxsat berilgan.

Mavzuga oid