Sport | 08:11 / 07.09.2019
7818
2 daqiqa o‘qiladi

Medvedev US Open finaliga chiqdi. U «Katta dubulg‘a»ning 14 yil ichidagi birinchi rossiyalik finalchisi

Foto: Chempionat.com

Rossiyalik tennischi Daniil Medvedev yarim finalda Grigor Dimitrovni 7:6 (7:5), 6:4, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, tennis bo‘yicha AQSh ochiq chempionati finaliga chiqdi. Uchrashuv «Billi Jin King Neshional Tennis Senter. Artur Esh Stedium» stadionida bo‘lib o‘tdi. 

Medvedev 10ta eysni amalga oshirib, 8ta qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ydi va 9ta breyk-poyntning 5tasidan foydalandi. Dimitrov esa 2ta eys, 2ta xato va 9ta breyk-poyntdan 3ta aniq urinishni qayd etdi.

Turnir finalida Medvedev Rafael Nadal - Matteo Berrettini juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi. Final 8 sentabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

2018 yilda serbiyalik Novak Jokovich AQSh Ochiq chempionati g‘olibiga aylangandi.

Daniil Medvedev - «Katta dubulg‘a»ning so‘nggi 14 yil ichida erkaklar o‘rtasidagi ilk rossiyalik finalchisi. 2005 yilda Marat Safin Australian Open finaliga chiqqandi.

Mavzuga oid