Sport | 14:56 / 15.09.2019
6108
1 daqiqa o‘qiladi

Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Devis Kubogining pley-off bosqichiga chiqdi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Devis Kubogining Osiyo-Okeaniya mintaqasi saralash bosqichida Livan terma jamoasi bilan bahs olib bordi, deb xabar berdi MOQ matbuot xizmati.

Tennischilarimiz Juniya shahrida Livan terma jamoasi mehmoni bo‘ldilar. Ushbu qarama-qarshilikda mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin ishtirok etmadi. U ayni paytda Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tayotgan turnirda muvaffaqiyatli qatnashyapti.

O‘zbekiston terma jamoasi Livan termasi ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo-Okeaniya saralashidan muvaffaqiyatli o‘tib, kelasi yil mart oyida bo‘lib o‘tadigan jahon pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi.

Mavzuga oid