O‘zbekiston | 19:03 / 16.09.2019
86529
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda aholining necha foizi to‘yib ovqatlanmasligi ma'lum bo‘ldi

Foto: LiveJournal

O‘zbekistonda aholi o‘rtasida to‘yib ovqatlanmaydiganlarning ulushi rasman ma'lum qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan Strategiyasiga 1-ilovada aytilgan.

Qayd etilishicha, 2018 yil holatiga ko‘ra aholi o‘rtasida to‘yib ovqatlanmaydiganlarning ulushi 6,3 foizni tashkil etadi. 2021 yilga kelib bu ko‘rsatkichni 5 foizga, 2025 yilga kelib 3 foizga, 2030 yilga kelib esa 0 foizga tushirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, 2018 yilda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining eksporti hajmi 2,3 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yilga kelib bu raqamni 2,8 mlrd, 2025 yilda - 10 mlrd, 2030 yilga kelib esa 20 mlrd dollarga yetkazish mo‘ljallanmoqda. 

Bundan oldin, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 10 yilga mo‘ljallangan strategiyasi tasdiqlanishi xabar qilingandi.

Mavzuga oid