NamDUda Rossiya universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma tibbiyot fakulteti ochildi
Namangan davlat universiteti tarixida ilk marotaba xorijiy davlat OTM bilan hamkorlikda qo‘shma fakultet tashkil etildi. Rossiyaning Sverdlovsk viloyati Yekaterinburg shahri Ural davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma tibbiyot fakulteti ochildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, tantanali ochilish marosimida Ural davlat tibbiyot universiteti rektori Olga Kovtun, viloyat hokimi Xayrulla Bozorov, universitet jamoasi ishtirok etdi.
Yangi qo‘shma fakultetda quyidagi ta'lim yo‘nalishlarida malakali mutaxassislar tayyorlanadi:
Davolash ishi;
Pediatriya;
Stomatologiya;
Farmatsevtika.
Qo‘shma tibbiyot fakultetida talabalar 5 yil tahsil olishadi. O‘qishning dastlabki ikki bosqichi Namangan davlat universitetida, qolgan 3 ta bosqich Ural davlat tibbiyot universitetida olib boriladi.
Bitiruvchilarga ikkita davlatda ham tan olinadigan ikki hamkor universitetning diplomi beriladi.
Mavzuga oid
00:31
Apple o‘zining onlayn do‘konidan mustaqil OAV ilovalarini o‘chirib tashlayotganiga izoh berdi
22:47 / 25.12.2024
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
21:53 / 25.12.2024
Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy urushda g‘alaba qozonmoqda - The Economist
20:54 / 25.12.2024