Jahon | 14:29 / 18.09.2019
11025
1 daqiqa o‘qiladi

Eron prezidenti vizasi yo‘qligi uchun BMT Bosh assambleyasi sessiyasiga borolmasligi mumkin

Foto: AP Photo/Vahid Salemi

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy vizasi yo‘qligi uchun BMT Bosh assambleyasi sessiyasiga borolmasligi mumkin. Bu haqda IRNA agentligi va Erondagi boshqa OAV xabar bermoqda.

"Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Nyu-Yorkka 20 sentabr kuni, prezident esa 23 sentabr kuni borshi kerak. Agarda bir necha soatdan so‘ng viza berilmaydigan bo‘lsa, safar bekor qilinadi", - deb xabar berdi agentlik.

Sessiyada muhokama qilinadigan mavzulardan biri Fors ko‘rfazidagi keskinlik va Saudiya Arabistonidagi neft obektlariga hujum qilinishi ortida Eron bo‘ladi. Bundan tashqari, Koreya yarimoroli muammosi, Suriya, Venesueladagi vaziyat va Isroilning siyosiy qadamlari bo‘yicha ham muhokamalar olib borilishi mumkin.

Bosh assambleya sessiyasida 100 dan ko‘proq davlat yetakchilari va 80 ga yaqin bosh vazir va tashqi ishlar vazirlari ishtirok etadi.

Mavzuga oid