Sport | 13:10 / 20.09.2019
7768
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik erkin kurashchilar dastlabki bahslarni muvaffaqiyatli o‘tkazishdi

Foto: Anvar Ilyasov

Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda. Bugun bahslarni boshlagan erkin kurashchilar Ixtiyor Navro‘zov, Bekzod Abdurahmonov va Hasanboy Rahimov dastlabki raqiblarini mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘llanma olishdi.

-70 kg vazn toifasida bahslarni boshlagan Rio olimpiadasi sovrindori Ixtiyor Navro‘zov bahslarni kvalifikatsiya bosqichidan boshladi. Dastlab hindistonlik Karan Karanni 7:0 hisobida mag‘lub etgan Ixtiyor chorak final yo‘llanmasi uchun bahsda bolgariyalik Aliposhsho Umarpashevni 7:6 hisobida yengdi.

-70 kg:
1/16 final: Ixtiyor Navro‘zov – Karan Karan (Hindiston) 7:0
1/8 final: Ixtiyor Navro‘zov – Ali Umarpashayev (Bolgariya) 7:6

¼ final: Ixtiyor Navro‘zov – David Bayev (Rossiya)

-74 kg vazn toifasida musobaqada qatnashayotgan ikki karra Osiyo o‘yinlari g‘olibi Bekzod Abdurahmonov kvalifikatsiya bosqichida dastlab puerto-rikalik Franklin Gomesni 4:0 hisobida yengdi. 1/8 finalda esa u kubalik Jyeandre Garzonni 10:6 hisobida mag‘lub etdi va chorak finalga yo‘l oldi.

-74 kg:
Saralash: Bekzod Abdurahmonov – Franklin Gomes (Puerto-Riko) 4:0
1/16 final: Bekzod Abdurahmonov – Yeandri Kabalero (Kuba) 10:6

1/8 final: Bekzod Abdurahmonov – Hojimurod Gadjiyev (Ozarboyjon)

-125 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Hasanboy Rahimov saralashda venesuelalik Luis Felipe Urbanexani (10:0), 1/8 finalda vengriyalik Daniyel Ligeti (5:0) hisobida yengdi.

-125 kg:
1/16 final: Hasanboy Rahimov – Luis Felipe Urbanexa (Venesuela) 10:0
1/8 final: Hasanboy Rahimov – Daniyel Ligeti (Vengriya) sof g‘alaba

¼ final: Hasanboy Rahimov – Taxa Akgul (Turkiya) / Aleksandr Romanov (Moldova)

Eslatib o‘tamiz, Bekzod Abdurahmonov va Hasanboy Rahimov ishtirok etayotgan vazn Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan. Vakillarimiz kamida yarim finalga chiqa olishsa, Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini naqd qilib qo‘yishadi.

Mavzuga oid