Jahon | 19:04 / 21.09.2019
8677
1 daqiqa o‘qiladi

Anqara manfaatli taklif bo‘lsa Patriot raketa majmualarini sotib olish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an agarda AQSh manfaatli shartlarni taklif etadigan bo‘lsa Anqara Patriot zenit-raketa majmualarini sotib olish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.

"Patriot majmualarini sotib olish masalasi hamon dolzarb. Agarda shartnoma bizning shartlarga mos keladigan bo‘lsa, ularni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqishimiz mumkin. Bu mavzu AQShga tashrifimiz davomida kun tartibida bo‘ladi", - dedi u.

Erdo‘g‘an sentabr boshida BMT bosh assambleyasining 74-sessiyasi davomida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Patriot zenit-raketa majmualarini sotib olish mavzusini muhokama qilmoqchi ekanligini ma'lum qilgandi.

Turkiya AQShning ilgarigi prezidenti Barak Obama davrida ushbu majmualarni sotib olish istagini bildirgan, ammo rad javobini olgandi. Oqibatda Anqara Moskva bilan S-400 zenit-raketa majmualarini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi. 

Mavzuga oid