Sport | 12:47 / 21.09.2019
9017
1 daqiqa o‘qiladi

Magomed Ibragimov va Abbos Rahmonov chorak finalga chiqdi

Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda.

-97 kg vazn toifasida Magomed Ibragimov 1/8 finalda ruminiyalik Albert Saritovga qarshi gilamga tushdi va 6:5 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi.

Endi uning chorak finaldagi raqibi amerikalik tajribali kurashchi, 2016 yilgi Rio Olimpiadasida, Las-Vegas (2015) va Parijdagi (2017) jahon chempionatlarida g‘olib bo‘lgan Kayl Snayder bo‘ladi.

Magomed Ibragimov saralash bosqichida polshalik Radoslav Baranni osonlik bilan taslim etgandi - 10:0.

Shuningdek, O‘zbekiston erkin kurash jamoasining -61 kg vazn toifasidagi vakili Abbos Rahmonov nimchorak finalda ruminiyalik Nikolai Oxlopkovni 8:1 hisobida yengib, chorak finalga chiqdi.

Uning yarim final yo‘lidagi raqibi rossiyalik Magomedrasul Idrisov bo‘ladi.

Abbos Rahmonov saralash bosqichida filippinlik Yegor Dmitriyevni osonlik bilan yenggandi (14:2). 

Mavzuga oid