Sport | 18:00 / 22.09.2019
8206
2 daqiqa o‘qiladi

Rashid Qodirov va Abbos Rahmonov bronza uchun kurashda yutqazdi

Bugun, 22 sentabr kuni Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi.

Turnirning so‘nggi kunida O‘zbekiston erkin kurash terma jamoasining ikki vakili bronza medal uchun kurashdi.

-61 kg vazn toifasida Abbos Rahmonov dastlab o‘tish turnirida qatnashdi va belaruslik Andrey Bekrenevni 7:2 hisobida mag‘lub etib, bronza uchun gilamga chiqdi. Ammo u eronlik Behnam Ehsonpurga 0:8 hisobida yutqazib, turnirni medalsiz yakunlaydigan bo‘ldi.

-79 kg vazn toifasi vakili Rashid Qurbonov esa bronza medal uchun rossiyalik Gadji Nabiyevga qarshi gilamga chiqdi va 3:8 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi chempionatning erkin kurash bo‘yicha bahslarini bitta bronza medali va bitta olimpiada litsenziyasi bilan yakunlaydigan bo‘ldi. Har ikkala yutuq ham terma jamoaning eng og‘ir vazn toifasidagi (-125 kg) a'zosi Hasanboy Rahimovga tegishli.

Mavzuga oid