Jamiyat | 10:10 / 25.09.2019
16389
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 100 dan ortiq ota-ona farzandining «tungi sayrlari» uchun jarimaga tortildi 

Foto: KUN.UZ

Huquq-tartibot idoralari tungi vaqt internet-kafe yoki tungi klublarda kattalarsiz aniqlangan voyaga yetmaganlarning ota-onalarini jarimaga tortishga haqli.  

Xususan, poytaxt Toshkentda oxirgi 8 oy ichida shunday huquqbuzarlik uchun 137 nafar ota-ona jarimaga tortilgan. Bu haqda brifing vaqtida Toshkent shahar IIBBning voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha bosh inspektori Abdurashid Ochilov ma'lum qildi. 

“Har tun voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvi inspektor soat 22:00dan keyin internet-kafe, tungi klublar kabi yoshlar to‘planadigan joylarda tungi reydlarni o‘tkazadi. Bunday joylarda kattalar hamrohligisiz voyaga yetmaganlar aniqlansa, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 188-moddasi prim 2 ( Voyaga yetmagan shaxsning ko‘ngil ochish (dam olish) joylarida tungi vaqtda bo‘lishiga yo‘l qo‘yish) bo‘yicha ish ochiladi”, deb ma'lum qilgan Ochilov.

Bayonnoma tuzilgach va ish sudga oshirilgach, ota-onalar eng kam ish haqining 10 barobaridan 15 barobarigacha miqdorda jarima to‘laydilar. Keyin ma'lumot hokimlik huzuridagi komissiyaga Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi bo‘yicha (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) topshiriladi.

Mavzuga oid