Light | 20:18 / 27.09.2019
129245
2 daqiqa o‘qiladi

Mashhur kardiojarroh Leo Bokeriya yurak kasalliklarining oldini olishning uchta oddiy usulini aytdi

Kardiojarroh va Rossiyadagi «Liga zdorovya natsii» jamoat tashkiloti prezidenti Leo Bokeriya yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bemorlarning aksariyati noto‘g‘ri turmush tarzi sababli bu yurak kasalliklariga chalinadi.

— Kasallikning oldini olish uchun birinchi navbatda chekishni tashlash kerak. Cho‘zib yurmasdan, darhol tashlash kerak. Elektron sigaretga o‘tmaslik kerak, uning zarari allaqachon isbotlangan, — dedi Leo Bokeriya.

Kardiojarrohning ikkinchi maslahati – sutkasiga 7 soatdan kam uxlamaslik kerak hamda eng asosiysi, har kuni bir vaqtda uxlab, bir vaqtda uyqudan turish kerak. Asab tizimi uchun uyqu miqdori emas, uning rejimi muhim o‘rin tutadi, dedi akademik. Kardiojarrohning uchinchi tavsiyasi esa jismoniy faollikdir.

Buning eng oddiy ko‘rinishi piyoda yurish. Haftasiga ikki soat piyoda yurishdan boshlash lozim, xotirjamlik bilan kamida bir kilometr piyoda yurish kerak bo‘ladi. 

Mavzuga oid