Jahon | 18:02 / 01.10.2019
16635
1 daqiqa o‘qiladi
Eron prezidentining ukasi besh yilga qamaldi
Eron sudi mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniyning ukasi Husayn Fereydunni korrupsiya uchun besh yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Eron oliy sudi rasmiy vakili G‘ulom Husayn Ismoiliy ma'lum qildi.
"Husayn Fereydun besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi", - deya undan iqtibos keltirdi Fars agentligi.
Fereydun 2017 yil iyulda hibsga olingandi. Tergov unga nisbatan e'lon qilingan ayblovlarning barcha tafsilotlarini ma'lum qilmayapti. Fereydun hibsga olingan vaqtda Eron prezidentining maslahatchisi lavozimida edi.
Mavzuga oid
16:58
Eronda WhatsApp va Google Play blokdan chiqariladi
20:58 / 24.12.2024
Bloomberg: Rossiyaga Eron qurollarining chorak qismini biznesmen Husayn Shamhaniy yetkazib bermoqda
19:06 / 22.12.2024
Asadning qulashi - Eron tashqi siyosatidagi muvaffaqiyatsizlik
14:52 / 20.12.2024