Jahon | 23:34 / 09.10.2019
23015
1 daqiqa o‘qiladi

Eron to‘satdan Turkiya bilan chegarasida harbiy mashg‘ulotlar boshlab yubordi

Eronning quruqlikdagi qo‘shinlari 9 oktyabrda Turkiya bilan chegarada rejalashtirilmagan harbiy mashg‘ulotlarni boshlab yubordi. Bu haqda ISNA axborot agentligi xabar berdi.  

Ma'lum qilinishicha, harbiy mashg‘ulotlar Eronning G‘arbiy Ozarboyjon viloyatidagi Urmiya ko‘li yaqinida o‘tkazilmoqda. Ularda quruqlikdagi qo‘shinlarning tezkor bo‘linmalari, mobil va hujumkor brigadalari, havo-desant bo‘linmalari vertolyotlari ishtirok etmoqda. 

“Mashg‘ulotlar armiya bo‘linmalarining jangovar shayligi, jang maydonidagi harakatchanligi va epchilligini baholashga qaratilgan”, deyilgan xabarda.

Ta'kidlash joiz, mashg‘ulotlar Turkiya Suriyada kurdlarga qarshi harbiy amaliyot boshlagan kunda boshlandi. Eron avvalroq Turkiyaning ushbu amaliyotiga qarshi chiqqandi.

Mavzuga oid