O‘zbekiston | 11:39 / 11.10.2019
9616
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Nikol Pashinyan bilan uchrashuv o‘tkazdi

MDHning Ashxobod sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligi qayd etildi.

Hukumatlararo va idoralararo darajada o‘zaro almashinuvlarni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Xalqaro siyosat va ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi hamkorlikka doir dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.

Mavzuga oid