Jamiyat | 00:09 / 11.10.2019
11634
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent islom institutida Qur'on va Azon musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Kecha,  10 oktabr kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida maxsus sirtqi bo‘lim talabalari o‘rtasida Qur'oni Karimning «tilovat» yo‘nalishida (Qur'onni to‘g‘ri, go‘zal va ravon o‘qish - tah)  «Qur'on musobaqasi» va Azon aytish musobaqasi o‘tkazildi.

Institut matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, musobaqa yakunida hakamlar hay'ati quyidagi talabalarni g‘olib deb topishgan:

 Qur'on musobaqasi:

Birinchi o‘rin: O‘ktam Qurbaniyazov;

Ikkinchi o‘rin: Muzaffar Yakubov;

Uchinchi o‘rin: Jasur Panjiyev.

Azon musobaqasi:

Birinchi o‘rin: Jamoliddin Madgaziyev;

Ikkinchi o‘rin: Dilshodjon Xolxo‘jayev;

Uchinchi o‘rin: Foziljon Abdullayev.

Ma'lumot uchun, Azon aytish musobaqasi institut miqyosida uch yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda.

Musobaqa so‘ngida g‘oliblar institut rahbariyati va homiylar tomonidan taqdirlangan.

Mavzuga oid