Tramp Turkiya va kurdlar o‘rtasida vositachilik qilishni taklif qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya va suriyalik kurdlar o‘rtasidagi ixtilofda vositachilik qilishni taklif qildi.
Tramp tvitterdagi xabarida AQSh jangovar harakatlar hududiga “minglab harbiylarni jo‘natishi”, Turkiyaga qarshi jiddiy sanksiyalar kiritishi yoki ixtilof tomonlariga tinchlik bitimiga erishishda yordam berishi mumkinligini aytgan. Shu bilan birga Tramp AQSh Turkiya amaliyot o‘tkazayotgan hududdan o‘z harbiylarini ular “o‘z ishlarini bajarib bo‘lganlari uchun” olib chiqqanini qo‘shimcha qilib o‘tgan.
AQSh prezidenti, shuningdek, Turkiya va kurdlar 200 yildan beri bir-birlari bilan urushib kelayotganini ta'kidlab o‘tgan.
Turkiya 9 oktyabrda Suriya shimolida kurd otrdlariga qarshi harbiy amaliyotni boshladi.
Mavzuga oid
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
17:42 / 20.12.2024