Jahon | 10:30 / 13.10.2019
19155
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropaning 3ta davlati Turkiyaga qurol yetkazishni to‘xtatdi 

Foto: REUTERS/Murad Sezer

Fransiya tashqi ishlar vazirligi Turkiyaga Suriya shimolidagi jangovar harakatlarda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan barcha qurollarni yetkazish to‘xtatilganini e'lon qildi.    

“Bu qaror darhol kuchga kiradi”, deyilgan vazirlik bayonotida.

Avvalroq shunday qarorni Germaniya va Niderlandiya qabul qilgandi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi davlatlari tashqi ishlar vazirlari Turkiyaning Suriyadagi harbiy amaliyoti oqibatlarini kelayotgan haftada muhokama qilishlari kutilmoqda. 

Turkiya ayni vaqtda Suriya shimolida kurd otryadlari va IShID jangarilariga qarshi amaliyot o‘tkazmoqda. Yevropa davlatlari Anqarani jangovar harakatlarni to‘xtatishga chaqirmoqda.

Mavzuga oid