O‘zbekiston | 18:53 / 14.10.2019
5635
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Biologik xilma-xillik haqidagi Konvensiyaning bioxavfsizlik bo‘yicha protokoliga qo‘shildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 9 oktyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan, 11 oktabr kuni Senat tomonidan ma'qullangan «O‘zbekiston Respublikasining Biologik xilma-xillik haqidagi Konvensiyaning bioxavfsizlik bo‘yicha Kartaxena protokoliga qo‘shilishi to‘g‘risidagi Qonun»ni imzoladi.

Ushbu Protokol 2000 yil 29 yanvarda Monreal shahrida qabul qilingan bo‘lib, hozirgi vaqtga qadar Protokolga 171 ta davlat hamda xalqaro tashkilot sifatida Yevropa Ittifoqi (YeI) qo‘shilgan.

Prezident shuningdek, «Madaniy ifodalarning turli xil shakllarini muhofaza qilish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi xalqaro konvensiyani ratifikatsiya qilish haqida»gi qonunni imzoladi.

Ushbu konvensiya Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 30 sentyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 11 oktyabrda ma'qullangan.

Mazkur Konvensiyaning asosiy maqsadi madaniy o‘zini ifodalashning turli xil shakllarini himoya qilish va rag‘batlantirish, ushbu sohada xalqaro hamkorlik hamda hamfikrlikni mustahkamlash asosida turli madaniyatlarning erkin hamkorligi uchun shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.

Mavzuga oid