Jahon | 17:15 / 15.10.2019
6906
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Turkiya Suriyaga uch million qochoqni qaytarishini aytdi

Foto: Pierre-Michel Virot

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Turkiya Suriyaga birinchi bosqichda bir million, ikkinchi bosqichda ikki million nafar suriyalik qochoqni qaytarishini aytdi.

"Xudo xohlasa, qisqa vaqt ichida Iroqqacha chegaramizni xavfsiz holatga keltirib, birinchi bosqichda bir million, ikkinchi bosqichda ikki million nafar qochoqni qaytaramiz", - dedi u Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy tilli davlatlar kengashi sammitida.

Eslatib o‘tamiz, 9 oktabr kuni Turkiya qurolli kuchlari kurd qurolli tuzilmalarini siqib chiqarish uchun Suriya shimoli-sharqida "Tinchlik bulog‘i" operatsiyasini boshladi. Turkiya aviatsiyasi o‘sha kuni ikki davlat chegarasidagi Ras-al-Ayn va boshqa shaharlarga zarba berdi. Keyinroq esa yerusti operatsiyasi boshlanganligi e'lon qilindi.

Mavzuga oid