Jahon | 15:20 / 17.10.2019
10940
2 daqiqa o‘qiladi

Jonson YeI va Buyuk Britaniya «Brekzit» bo‘yicha kelishuvga erishganini e'lon qildi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Yevropa Ittifoqi bilan «Brekzit» bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqida e'lon qildi. YeI vakillari kelishuv mavjudligini tasdiqlashdi.

Foto: PA MEDIA

Boris Jonson tvitterida yozgan xabarida «ajoyib yangi kelishuvga erishilgani, bu ikki tomonga ham nazoratni qo‘lga olish imkonini berishi»ga ishonch bildirgan. Ayni vaqtda kelishuv tafsilotlari ma'lum qilinmagan.

Kelishuv 17-18 oktabr kunlari o‘tkaziladigan sammitda tasdiqlanishi kutilmoqda, keyin uni 19 oktabr kuni Britaniya Jamoalar palatasining navbatdan tashqari yig‘ilishida tasdiqlashlari kerak bo‘ladi.

Lekin britan parlamenti yana bir bor bosh vazirning irodasiga qarshi chiqishi mumkin: Jamoalar palatasida Boris Jonsonning muxoliflari ko‘pchilikni tashkil etadi. Shu tufayli YeIda chiqish bo‘yicha yangi variant ham qaytarilishi mumkin.

Britaniyaliklar 2016 yil yozida bo‘lib o‘tgan referendumda Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqish uchun ovoz bergan edi. Shundan so‘ng mamlakat parlamenti va qirolicha Yelizaveta II jarayonni ma'qullashini bildirgandi.

2018 yilning 15 noyabr kuni Britaniya Vazirlar Mahkamasi Yevropa Ittifoqidan chiqish to‘g‘risidagi bitimni qabul qilgan. Muhokama qilinganidan so‘ng «Brekzit» masalalari bo‘yicha vaziri va mamlakat mehnat vazirining iste'foga chiqqan. 15 yanvarda Parlament quyi palatasi Tereza Meyning Yevropa Ittifoqidan chiqish rejasini rad etgan. Keyinchalik Tereza Mey ham iste'foga chiqishga majbur bo‘lgan.

Avvalgi kelishuvga ko‘ra, Buyuk Britaniya 31 oktabr kuni Yevropa Ittifoqini tark etishi ko‘zda tutilgandi.

YeI va Buyuk Britaniya birlashgan qirollik ittifoqni tark etganidan keyin savdo va moliyaviy hamkorlik masalasi qanday bo‘lishi bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti. Bunday kelishuvsiz ittifoqdan chiqish ikki tomon uchun ham jiddiy iqtisodiy yo‘qotishlar olib kelishi mumkin.

Mavzuga oid