AES uchun mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha strategiya tasdiqlandi
Prezident qarori (bilan Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.
Strategiyaga muvofiq, yadro-energetika dasturi uchun kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasi shakllantiriladi, deyiladi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram-kanalida.
Buning uchun ushbu kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanadi, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun mutaxassisliklar ro‘yxati belgilanadi.
Strategiyaga ko‘ra, AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlari 4 ta bosqichda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlanadi:
oliy rahbar xodimlar;
ekspluatatsiya (operativ va ta'mirlash) xodimlari;
yordamchi texnik xodimlar;
ma'muriy-boshqaruv xodimlari.
Shu bilan birga, “MMFI milliy tadqiqot yadro universiteti”ning Toshkent filialida bakalavr yo‘nalishlari kengaytiriladi, magistratura ochiladi.
Shuningdek, mazkur filial xodimlari Atom energetikasini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan moddiy rag‘batlantiriladi.
Strategiya maqsadlarida Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE), Jahon yadro uyushmasi huzuridagi Jahon yadro universiteti (Buyuk Britaniya), shuningdek, “Rosatom” ta'lim muassasalari (Rossiya Federatsiyasi) bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Ma'lumot uchun, Prezident farmoniga asosan, O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universitetida atom energetikasi sohasida mutaxassislar tayyorlash uchun yangi magistartura mutaxassisliklari ochildi, Toshkent davlat texnika universitetida “Energetika (atom energetikasi)” mutaxassisligi bo‘yicha talabalarni o‘qitish tashkil etildi.
Mavzuga oid
18:22 / 22.12.2024
Yaponiyada AESlar yaqiniga radioaktiv zarralardan himoya qiluvchi palatkalar joylashtiriladi
22:47 / 07.12.2024
Yaponiyada «Simane» AESining ikkinchi reaktori qayta ishga tushirildi
17:46 / 30.11.2024
Mislsiz radiatsiya va qurbonlar: Chernobil fojiasi qanday sodir bo‘lgandi?
11:40 / 19.10.2024