Jahon | 20:18 / 18.10.2019
11079
1 daqiqa o‘qiladi

Makron: Fransiya, Germaniya va Britaniya rahbarlari Erdo‘g‘an bilan uchrashishmoqchi

Yaqin haftalar ichida Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Turkiya rahbarlari Londonda uchrashishi mumkin.

Foto: Reuters

Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron ma'lum qildi.

"Biz GFR kansleri Angela Merkel va Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson bilan Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an bilan Londonda yaqin haftalarda uchrashishga qaror qildik", - dedi u. 

Makron YeI sammiti qatnashchilari "Suriya shimoli-sharqiga hujumni qoralashgani va Turkiyaga qurol yetkazib berishni taqiqlashgani"ni eslatib o‘tdi.

Fransiya prezidentining e'tiroficha, sammit qatnashchilari Kipr hamda uning iqtisodiy hududi chegaralariga rioya qilish masalasida yakdil ekanliklarini tasdiqlagan.

"Biz Turkiya tomonidan takrorlanayotgan ig‘vogarliklarni qoraladik", - deb qo‘shib qo‘ydi u.

Mavzuga oid