«Yallama» posti orqali jismoniy shaxslar va ayrim turdagi transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi
1 noyabrdan boshlab “B.Konisbayev” chegara o‘tkazish punktida piyoda jismoniy shaxslar, yengil avtotransport va 3,5 tonnagacha yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan yuk avtotransport vositalari harakati 2020 yil 1 yarmiga qadar to‘xtatiladi.
Davlat bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi bilan chegarada joylashgan “B.Konisbayev” chegara o‘tkazish punktida qayta qurish va kengaytirish ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan qo‘mita tovar hamda transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tuvchi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, tashuvchilar, yengil avtotransport vositalari haydovchilari va piyoda ravishda harakatlanuvchi jismoniy shaxslarga vaqtlarini tejash, sarf-xarajatlarning oldini olish maqsadida o‘zbek-qozoq chegarasida joylashgan boshqa muqobil o‘tkazish punktlari orqali harakatlanishlari mumkinligini ma'lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning “B.Konisbayev” chegara o‘tkazish punkti Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi “Yallama” chegara o‘tkazish punktiga tutash hisoblanadi.
Mavzuga oid
17:57
Qozog‘istonda yo‘lda buzilib qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar qutqarildi
20:04 / 21.12.2024
G‘oyib bo‘lgan mashinalar ishi: asosiy figurant Abdulla Abdurasulovning sheriklari qamaldi, uning o‘zini tergovchi qo‘yib yuborgan
15:00 / 18.12.2024
Rossiya Qozog‘istondagi uran qo‘shma korxonalaridagi ulushini Xitoyga sotadi
16:30 / 13.12.2024