Lexus kelajak elektromobilini namoyish qildi
Lexus avtomobilsozlik kompaniyasi Tokiodagi avtosalonda kelajak elektromobili prototipi LF-30 Electrified’ni taqdim qildi.
Konsept “kelajak haqidagi filmlardagi kabi” ko‘rinishga ega bo‘lib, kuzovining antiqa dizayni bilan ajralib turadi. Uning tomi to‘liq oynavand bo‘lib, eshiklari antiqa ravishda ochiladi.
Ta'kidlanishicha, mashinaning podsvetkasi bo‘yicha uni kim haydayotgani – avtopilotmi yoki haydovchi aniqlash mumkin.
Salonda individual monitorlarga ega 4 ta o‘rindiq bor bo‘lib, haydovchi ekrani avtomobilning turli funksiyalarini boshqarish uchun imo-ishorani tanish funksiyasi bilan jihozlangan.
Model 544 ot kuchiga ega elektr qurilma va g‘ildiraklarga o‘rnatilgan dvigatellar bilan jihozlangan. Lexus Advanced Posture Control tizimi har bir g‘ildirakka tortish kuchi berilishini nazorat qildi. Avtomobil bir quvvatlanishda 500 km yo‘l bosa oladi. Shuningdek, mashina simsiz quvvatlagich tizimini olgan.
Ma'lum qilinishicha, mashina seriyali ishlab chiqarilishga qo‘yilmaydi. Mashinadagi ba'zi dizaynerlik yechimlari markaning yangi elektromobillarida qo‘llanadi.
Mavzuga oid
12:54 / 23.12.2024
Toza havo va salomatlik uchun – Kaliforniya shtati 2035 yildan faqat elektromobillar sotuviga ruxsat beradi
09:30 / 17.09.2024
Toshkentga kirib kelayotgan Lexus yo‘lovchisi yonidan taqiqlangan modda topildi
15:03 / 04.07.2023
Lexus’dan Mazda’gacha. So‘nggi 10 yillikdagi eng ishonchli avtomobillar ma’lum qilindi
12:38 / 20.11.2021