Aholisining xarid qobiliyati eng yuqori va eng past Yevropa davlatlari ma'lum qilindi
Growth from Knowledge (GfK) analitika kompaniyasi aholining xarid qobiliyati bo‘yicha Yevropa mamlakatlari reytingini tuzdi.
Reytingning eng yuqori pog‘onasida Lixtenshteyn qayd etilgan. Bu davlat aholisining xarid qobiliyati kishi boshiga yiliga 67 550 yevroga teng bo‘lgan. Bu – Yevropadagi o‘rtacha ko‘rsatkich (14 739 yevro)dan 4,5 barobarga ko‘proq demakdir.
Yuqori uchlikka Shveytsariya va Lyuksemburg ham kiritilgan bo‘lib, ularning ko‘rsatkichlari mos ravishda 42 va 35 ming yevroni tashkil etadi.
«Tadqiqotga qamrab olingan 16ta mamlakat aholisining kishi boshiga xarid qobiliyati Yevropadagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori. Ayni paytda 26ta mamlakatda esa bu ko‘rsatkich o‘rtacha natijadan past», – deyiladi izlanish xulosasida.
Reytingning so‘nggi o‘rnida Ukraina qayd etilgan – ukrainaliklarning xarid qobiliyati yiliga 1830 yevro deb baholangan. Eng quyi uchlikda, shuningdek, Moldova va Kosovo Respublikalari ham bor.
Tadqiqot mualliflarining tushuntirishicha, xarid qobiliyati deganda aholi daromadining soliqlar va xayriya badallari chegirib tashlanganidan keyingi mablag‘i miqdori tushuniladi. Odamlar bu pulni oziq-ovqat, uy-joy, xizmatlar, ko‘ngilochar tadbirlar, xaridlar va dam olishga sarflashadi.
Umuman olganda, 2019 yilda Yevropada bir kishi o‘rtacha 14,739 dollar pulni o‘z ehtiyojlari uchun sarflagan.
Mavzuga oid
08:05
Bayden Pentagonga Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni buyurdi
21:53 / 25.12.2024
Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy urushda g‘alaba qozonmoqda - The Economist
21:15 / 25.12.2024
Ukraina bo‘ylab bayram kechasi yopirilma zarbalar yo‘llandi
19:00 / 25.12.2024