Fan-texnika | 10:45 / 27.10.2019
23642
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Start up uchun 2,5 milliard so‘mga ega bo‘lishingiz mumkin

InnoBazar - g‘oyalarni muvaffaqiyatli startaplarga aylantiruvchi dastur

28 oktyabrdan 1 noyabrgacha "O‘zekspomarkaz"da bo‘lib o‘tadigan Innoweek haftaligi doirasida yoshlarning startap-tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturi ishga tushiriladi. 
Dastur Innovatsiya vazirligi va A. Avazov rahbarligidagi Alibazar firmasining qo‘shma loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

InnoBazar yangi televizion loyihasi qatnashchilari tarkibiga qo‘shilish orqali siz 2,5 milliard so‘mga ega bo‘lishingiz mumkin. Loyiha mutaxassislari ushbu sohadagi jahon tajribasini o‘rganib chiqdilar va startapni g‘oyadan «seed funding»gacha (loyihani amalga oshirish uchun «urug‘lik» investitsiyalarni jalb qilish bosqichi) rivojlantirishning uslubiy bazasini ishlab chiqdilar.

Yosh avlodning tadbirkorlikni rivojlantirishdagi ishtiroki uning innovatsion yo‘nalishini kuchaytiradi, shuningdek, faol yoshlarning ijodkorligini rag‘batlantiradi.

InnoBazar - bu g‘oyalarni muvaffaqiyatli startaplarga aylantirishda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan tadbirkorlikni rivojlantirishning yangi va istiqbolli modelidir. O‘z navbatida, dasturning muvaffaqiyat tarixi nafaqat yangi ish o‘rinlari, innovatsiyalarni rivojlantirish, balki tadbirkorlik madaniyatini targ‘ib qilish hamda yangi g‘oyalarni amalga oshirish uchun tobora ko‘proq yoshlarni jalb qilish va o‘z startaplarini yaratish imkoniyatidir.

Mazkur tashabbus Innovatsiya vazirligi va Alibazar  kompaniyasining yangi ish o‘rinlarini yaratish, yoshlar bandligini oshirish va aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan qo‘shma loyihasi asosida amalga oshirilmoqda.

Mover: https://bit.ly/2TcYhHU

Youtube: https://bit.ly/2MyLXiY

Instagram: http://bit.ly/2S3xhO0

Telegram: @Alisheravazov

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid