Jahon | 00:16 / 28.10.2019
8364
1 daqiqa o‘qiladi

Boliviya prezidenti mamlakatda davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rilayotganini aytdi

Boliviya oliy saylov sudi ma'lumotiga ko‘ra, amaldagi prezident Evo Morales prezident saylovining birinchi turidayoq g‘alaba qozongan. Uning asosiy raqibi Karlos Mesa saylov natijalarini tan olmadi. 

Boliviya prezidenti Evo Morales muxolifat kuchlari kelgusi haftada mamlakatda davlat to‘ntarishini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rayotganini aytdi. Bu haqda Hoy Bolivia portali xabar berdi.

"Ogohlantirish... butun Boliviya xalqiga va kelasi haftada davlat to‘ntarishini amalga oshirishga tayyorlanayotgan turli ijtimoiy sektorlarga. Biz allaqachon xabardormiz", - dedi Morales. 

U shuningdek, qishloq aholisini prezident saylovlari natijalarini himoya qilishga chaqirdi.

Boliviya oliy saylov sudi ma'lumotiga ko‘ra, amaldagi prezident Evo Morales birinchi turdayoq g‘alaba qozongan. Uning asosiy raqibi Karlos Mesa saylov natijalarini tan olmadi. 

Saylov natijalarini hisoblash chog‘ida Boliviyaning qator shaharlarida namoyishlar boshlanib, tartibsizliklarga aylanib ketdi. Namoyishchilar saylov sudining hududiy bo‘limlariga o‘t qo‘yishdi. Morales ommaviy namoyishlarni davlat to‘ntarishiga urinish deb atadi.

Mavzuga oid