O‘zbekiston | 21:00 / 28.10.2019
4674
3 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro robototexnika musobaqasiga start berilmoqda

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi

Bugun, 28 oktabr kuni «O‘zekspomarkaz» ko‘rgazmalar pavilonida Innovatsiyaon rivojlanish vazirligi tomonidan «International Robotics Challenge» (IRC 2019) xalqaro robototexnika musobaqasi oldidan press brifing o‘tkazildi.

O‘zbekiston robototexnika federatsiyasi prezidenti Olimjon To‘ychiyev 29-31 oktabr kunlari o‘tkaziladigan musobaqaning maqsadi, qamrovi, mukofot jamg‘armasi xususida axborot berdi.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi

«INNOWEEK» innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida o‘tkazilayotgan ushbu tanlov bu yil ikkinchisi. Bu musobaqada Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a'zo davlat vakillari qatnashishi kutilmoqda. 25 mamlakatdan jami 200 nafarga yaqin ishtirokchilar jamoaviy tarzda bellashishadi. Har bir guruh ikki nafar qatnashchidan iborat. Unda ikki yosh toifasi mavjud: 9 yoshdan 16 yoshgacha (Junior) va 17 yoshdan 23 yoshgacha. Tanlov ishtirokchilarini baholash uchun xalqaro va mahalliy mutaxassislar jalb etiladi. Jumladan, singapurlik professor, doktor Ziyo Ahmad, IHT boshqaruvi a'zosi, professor Hasan Basri Arslan, IHTning fan va texnologiyalar bo‘yicha doimiy qo‘mitasi maslahatchisi doktor Sayid Xurshid Hasan, Xalqaro robototexnika Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Kim Jong-Xvan, Islom hamkorlik yoshlar forumi prezidenti Toh Aynan ishtirok etishadi», deydi u.

Qo‘shimcha qilinishicha, «The First OIC Robotic Challenge» xalqaro turnirining «Robo-futbol» yo‘nalishida 17-23 yoshgacha (Senior) bo‘lgan ishtirokchilarga 1-o‘rin uchun 6000 AQSh dollari, 2-o‘rin uchun 4000 AQSh dollari va uchinchi o‘rin uchun 2000 AQSh dollari beriladi. «Robo-Sumo» yo‘nalishida esa 1-o‘rin g‘oliblariga 5000 AQSh dollari, 2-o‘ringa 3000 AQSh dollari, 3-o‘ringa 1000 AQSh dollari taqdim etiladi. 9-16 yoshdagi g‘oliblar mahalliy homiylarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishadi.

3 kun davomida bo‘lib o‘tadigan ushbu musobaqa robototexnikaga qiziquvchilar uchun imkoniyatlar maydoni bo‘lib xizmat qiladi. O‘z ishlanmalariga ega bo‘lgan yoshlar xalqaro va mahalliy ekspertlardan foydali maslahatlar, yo‘l-yo‘riqlar olishlari mumkin. 

Mavzuga oid